AQSH saylov oldi tashviqotlarida ustunlik kim tomonda?

18:53 25 Oktyabr 2024 Dunyo
251 0

Foto: Reuters

AQSH saylovlariga 11 kun qolganda Donald Tramp Arizona va Nevada shtatlarida yuqori natijaga erishdi, Kamala Harris esa Jorjiyaga eʼtibor qaratdi. Harris ushbu shtatda Amerikaning oʻrta sinf vakillariga murojaat qilib, 20 ming odamni toʻplashga erishdi. Uni qoʻllab-quvvatlovchilar otasida uchun taniqli musiqachi Bryus Springstin, sobiq prezident Barak Obama, kinorejissyor Spayk Li va aktyor, kinorejissyor Tayler Perri ham bor edi.

Florida universitetidagi saylov laboratoriyasining kuzatuv maʼlumotlariga koʻra, payshanba oqshomida 30 milliondan ortiq saylovchi allaqachon ovoz berib boʻlgan. Bu baʼzi shtatlarda erta ovoz berish rekordini yangilagan boʻlsa-da, hozirgacha bu raqamlar 2020-yildagidan ancha past hisoblanadi. Oʻsha paytda COVID-19 pandemiyasi davrida saylov kunidan oldin 100 milliondan ortiq saylovchi ovoz berib boʻlgan edi.

Payshanba kuni “Financial Times” tomonidan eʼlon qilingan yangi soʻrov shuni koʻrsatdiki, Tramp Harrisdan biroz oʻzib ketgan. “Financial Times” va Michigan universitetining “Ross” biznes maktabi tomonidan oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, respondentlarning 44 foizi Trampning iqtisodiy boshqaruv qobiliyatiga ishongan boʻlsa, Harrisda esa bu koʻrsatkich 43 foizni tashkil etdi.

Saylovning yakuniy natijasini belgilab berishi mumkin boʻlgan yettita muhim shtat Pensilvaniya, Shimoliy Karolina, Jorjiya, Michigan, Arizona, Viskonsin va Nevada. Birgalikda bu shtatlar saylovchilar kollegiyasining 93 ovoziga ega.

“FiveThirtyEight” kundalik soʻroviga koʻra, Harrisning Michigandagi qoʻllab-quvvatlashi 0,7 foizgacha oʻsdi. Viskonsin shtatida vitse-prezident biroz oldinda. Shu bilan birga Tramp Pensilvaniyada Harrisdan biroz ustunlikka ega va Shimoliy Karolina, Arizona hamda Jorjiya shtatlarida kattaroq farq bilan yetakchilik qilmoqda. Nevadada hali kurashlar davom etadi.

Payshanba kuni Tramp Nevada shtati Las-Vegas va Arizona shtatining Tempe shaharlarida yigʻilish oʻtkazdi. Arizonadagi uchrashuvda u tarixdagi eng yirik deportatsiya operatsiyasini boshlashga vaʼda berdi.

Oʻz nutqi davomida u Harrisni masxara qildi va ozchilik jamoalariga murojaat qilishga harakat qildi. Tramp maʼmuriyati barcha amerikaliklarni, shu jumladan afro-amerikaliklarni, ispan-amerikaliklarni, shuningdek, Osiyo-Amerika va Tinch okeani orollari aʼzolariga maʼqul keladigan iqtisodiyotni yaratishga vaʼda bergan. Las-Vegasdagi uchrashuvda odamlar yashash narxi, ish joylari yoʻqligi va inflyatsiya haqida tashvish bildirgan.

Harris juma kuni tushdan keyin Texasning Xyuston shahrida saylovoldi tadbirini oʻtkazmoqda. Demokratik partiya veb-saytida aytilishicha, uchrashuvda musiqa afsonasi Villi Nelson ishtirok etadi. Bir qancha manbalar Beyonse ham ishtirok etishi kutilmoqda. Uning qatorida mashhur yulduzlar Teylor Svift, Eminem ham qoʻllab-quvvatlamoqda. Beyonsening “Ozodlik” qoʻshigʻi Harris kampaniyasining norasmiy madhiyasiga aylandi. Harris Xyustonda Texasdagi abort boʻyicha cheklovlarga eʼtibor qaratmoqchi.

Tramp, shuningdek, Harrisdan biroz orqada qolayotgan asosiy shtat boʻlgan Michiganda miting oʻtkazishi kutilmoqda. Tramp 2016-yilda Michigan shtatida gʻalaba qozongan, ammo 2020-yilgi saylovlarda uni boy bergan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?