AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar roʻyxatini eʼlon qildi
Illyustrativ foto
Amerika Qoʻshma Shtatlari qarshi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni joriy qildi. Undan oʻnlab shaxslar va tashkilotlar joy oldi. Bu haqda Amerika Moliya vazirligi web-saytida maʼlum qilindi.
Departamentning tushuntirishicha, bu choralar Vashington Rossiya harbiy-sanoat majmuasi va unga aloqador kompaniyalarga aloqadorlikda gumon qilayotgan shaxslarga, jumladan, Rossiya, Ozarbayjon va Belarus fuqarolariga taʼsir koʻrsatdi.
Sanksiyalar roʻyxatiga “Armata” tankining dizayneri Andrey Terlikov ham kiritilgan.
Bundan tashqari, AQSHning yangi sanksiyalari roʻyxatidan Qozon “Elektropribor” zavodi va “Proton” elektronika zavodi (Moskva), Bryansk avtomobil zavodi va Ural avtomobil zavodi, shu jumladan uning bosh direktori Pavel Yakovlev, Volgograd traktor va Yaroslavl motor zavodlari, “Transstroy” MCHJ, “Sibantratsit” kompaniyalar guruhi, “Rau Farm” OAJ, “Neftegazstroy” va “VNIPIgazdobicha” aksiyadorlik jamiyati, “Aparatsozlikning markaziy konstruktorlik byurosi” OAJ va “Argus-NV” TPK, “Red Box Energy Services” (Singapur) va “CFU Shipping” (Gonkong) va ularning kemalari (goʻyo Rossiyaning “Arktik SPG 2” loyihasi bilan bogʻliq) joy oldi.
Ushbu roʻyxatga “Pobeda” aviakompaniyasi ham kiritilgan. Aniqlik kiritilishicha, tashuvchi ishtirokida tovarlarni yetkazib berish va xizmatlarga joriy yilning 30-iyuniga qadar, toʻlovlarga esa joriy yilning 30-iyuliga qadar ruxsat etiladi.
Bundan tashqari, AQSH Rossiyaning radiatsiyaviy, kimyoviy va biologik mudofaa kuchlariga, shuningdek, 16 ta dengiz kemalariga, jumladan, “Andrey Osipov”, “Arktika-1”, “Arktika-2”, “Barens”, “Bering”, “Mangazeya”, “Mixail Britnev”, “Mыs Dejneva”, “Mыs Flora”, “Mыs Shmidt”, “Mыs Jelaniya” va “Vasiliy Lanovoy”ga sanksiya joriy etildi.
Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan keyin xorijiy davlatlar Moskvaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin joriy etilayotgan cheklovlar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba beraishini bir necha bor taʼkidlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring