AQSH-Meksika chegarasi orqali AQSHga kirishga urinayotgan O‘zbekiston fuqarolari endi mamlakatdan chiqarib yuboriladi
AQSH Ichki xavfsizlik departamenti Davlat departamentini xabardor qilishicha, hozirdan boshlab AQSH-Meksika chegarasi orqali AQSHga noqonuniy kirayotgan O‘zbekiston fuqarolari AQSHga qo‘yib yuborilmaydi, buning o‘rniga ular bilan bog‘liq immigratsiya ishi hal qilingunga qadar hibsda saqlanadi. Bu haqda AQSHnning O‘zbekistondagi elchixonasi rasmiy saytida ma’lum qilingan.
AQSH Qo‘shma Shtatlarda qolish uchun qonuniy asosga ega bo‘lmagan O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatdan chiqarib yuborish masalasi bo‘yicha O‘zbekiston hukumati bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Mamlakatdan chiqarib yuborish tijorat aviakompaniyalari hamda AQSH Immigratsiya va bojxona nazorati bilan tuzilgan charter reyslari orqali amalga oshirilmoqda.
AQSH-Meksika chegarasi orqali AQSHga noqonuniy migratsiya xavfli va qimmatdir. Kontrabandachilarning yolg‘on va’dalariga uchmang. Amerika Qo‘shma Shtatlariga sayohat qilish uchun xavfsiz va qonuniy vositalardan foydalaning.
AQSH chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan shaxslar bu mamlakatga kamida besh yil ichida qonuniy ravishda qayta kirishlari taqiqlanadi. Noqonuniy migratsiyaga yordam beradigan oila a’zolari ham viza olishdan butunlay mahrum etilishi mumkin.
Amerika Qo‘shma Shtatlari xavfsiz, tartibli va insonparvar migratsiya jarayonlarini rivojlantirish maqsadida chet ellik hamkorlar bilan faoliyat olib boradi hamda Qo‘shma Shtatlarda qolish uchun qonuniy asosga ega bo‘lmagan barcha noqonuniy kiruvchilar va fuqaroligi bo‘lmaganlarni immigratsiya qonunchiligi (Title 8) vakolati ostida tezda mamlakatdan chiqarib yuboradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring