AQSH Kongressida “Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li” kitobining taqdimoti o‘tkazildi
Vashingtonda AQSH Kongressi binosida “Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li” nomli kitobning taqdimoti o‘tkazildi.
Taqdimot marosimida Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, AQSH Kongressi, Oq uy, Davlat departamenti, yetakchi federal agentliklar, xalqaro kompaniyalar, biznes-assotsiatsiyalar hamda diplomatik va ekspert doiralardan 70 dan ortiq vakillar ishtirok etdi.
Tadbir ishtirokchilari Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat boshqaruvi, inson huquqlari, iqtisodiyot, ta’lim, gender tenglik va tashqi siyosat sohalaridagi o‘zgarishlar haqida fikr almashdi.
Tadbirda ta’lim, sog‘liqni saqlash, gender siyosat va ijtimoiy himoya sohalarida erishilgan yutuqlar, xususan, ayollar huquqlari hamda yoshlar salohiyatining oshishiga alohida e’tibor qaratildi.

So‘zga chiqqan AQSH Kongressi a’zolari kitob chop etilishini yuksak baholab, Prezident Shavkat Mirziyoyevni zamonaviy siyosiy yetakchi va demokratik islohotlarga intiluvchi davlat rahbari sifatida e’tirof etishdi.
Ta’kidlanganidek, 2017-yildan buyon O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida ta’lim va yoshlar siyosati sohasida mustahkam hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini ta’kidladi. Minglab o‘zbekistonlik talabalar va mutaxassislar AQSHda malaka oshirish imkoniga ega bo‘lmoqda.
Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatining ochiqlik, muloqot va pragmatizm tamoyillariga asoslangani alohida qayd etildi.
Taqdimot yakunida kitob mazmuniga asoslangan holda qator davra suhbatlari va tahliliy uchrashuvlarni tashkil etish, ular doirasida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring