AQSH Xitoy va Rossiyaga yangi sanksiya eʼlon qildi
Rossiya-Ukraina urushining 966 kungi tafsilotlariga toʻxtalamiz. Rossiya kuchlari Ukrainaning janubidagi Nikolay viloyatidagi energetika infratuzilmasiga hujum qilib, tunda 56 ta dron va bitta raketa uchirdi. Mahalliy gubernatorning soʻzlariga koʻra, Rossiya gʻarbiy Ternopil viloyatidagi sanoat obyektiga ham hujum qilishi oqibatida katta yongʻin kelib chiqqan va keyin oʻchirilgan.
Ukraina payshanba kuni uchirilgan Rossiyaning 136 ta uchuvchisiz uchoqlaridan 51 tasini urib tushirdi. Bu haqda mamlakat havo kuchlari xabar bergan.
Kreml Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning chorshanba kuni eʼlon qilgan “Gʻalaba rejasi” Rossiya va NATO oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri mojaroga olib kelishi mumkinligini yana bir bor taʼkidladi.
Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov norvegiyalik hamkasbi Byorn Arild Gram bilan muzokaralar yakunida Norvegiya yaqin kelajakda Ukrainaga oltita F-16 qiruvchi samolyotini yetkazib berilish vaʼdasiga erishgan.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron juma kuni Berlinda AQSH prezidenti Jo Bayden, Buyuk Britaniya bosh vaziri Key Starmer va Germaniya kansleri Olaf Shols bilan uchrashuvda Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini muhokama qilishini maʼlum qildi.
Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen YEI yetakchilari ishtirok etgan Bryussel sammitidan soʻng Ukraina Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlish yoʻlida sezilarli yutuqlarga erishganini taʼkidladi.
Shuningdek, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Ukrainadagi inqirozni tartibga solish boʻyicha har qanday muzokaralarda Belarus ishtirok etishi kerakligini aytdi.
Sanksiyalar
AQSH Xitoy va Rossiya korxonalariga Rossiyaning Ukrainadagi urushida foydalanilgan hujumchi dronlarini loyihalash, qurish va joʻnatish uchun ishtirok uchun yangi sanksiyalar kiritdi.
Sanksiyalar Xitoyning ikkita va Rossiyaning bitta korxonasi hamda uning bosh direkotoriga kiritilgan. Bayden maʼmuriyatining taʼkidlashicha, tashkilotlar Rossiyaga Ukrainadagi uzoq masofali hujumlar uchun qoʻllaniladigan Garpiya seriyali hujumchi dronlarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga bevosita yordam bergan.
Shuningdek, Buyuk Britaniya Rossiyaning neft tankerlarining soya flotiga kiruvchi yana 22 ta kemaga nisbatan sanksiyalar joriy qildi. Gʻarb sanksiyalariga qaramay ishlayotgan Rossiyaning 43 ga yaqin neft tankerlariga Buyuk Britaniya portlari va Britaniya dengiz xizmatlari tomonidan taqiq kiritilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring