AQSH Falastinga doir tashkilotga pul bermasligi mumkin
Foto: AP
Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahuning Oq uyga tashrifi chogʻida AQSH prezidenti BMT agentliklari bilan aloqalar va mablagʻlarni toʻxtatish haqidagi farmonni imzolashi kutilmoqda. Jumladan, AQSH prezidenti Donald Tramp BMTning Inson Huquqlari Kengashi bilan aloqalarini toʻxtatib, tashkilotning falastinlik qochqinlar boʻyicha agentligini moliyalashtirishdan toʻxtatishi ham mumkin. Pul berishni toʻxtatish mart oyigacha davom etishi mumkin.
Tramp allaqachon AQSHni Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va Parij iqlim kelishuvidan chiqardi. BMT Inson Huquqlari Kengashidan chiqish ham Tramp uchun yangilik emas aslida.
AQSH falastinlik qochqinlar boʻyicha agentligining eng yirik donori boʻlib, yiliga 300-400 million dollar ajratadi, biroq oʻtgan yil Isroil va HAMAS urushi sabab AQSHning sobiq prezidenti Jo Bayden agentlikka pul berishni toʻxtatgan edi. Tashkilot Gʻazoning tiklanishida muhim rol oʻynamoqda, chunki Isroil hamda HAMAS oʻrtasida moʻrt sulh davom etmoqda.
Tramp va Netanyahu kutilayotgan uchrashuv chogʻida oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvining keyingi bosqichini muhokama qilishlari aytilyapti. Netanyahuning idorasi seshanba kuni maʼlum qilishicha, Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuvni davom ettirishni muhokama qilish uchun Qatar poytaxti Dohaga yuqori darajali delegatsiya yuborishga tayyorlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring