AQSH Davlat departamenti Oʻzbekistonda oʻtkazilgan Prezidentlik saylovi boʻyicha bayonot berdi
AQSH Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays matbuotga bayonot berib, unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalariga izoh berdi.
Xususan, uning soʻzlariga koʻra, Qoʻshma Shtatlar joriy yil 24 oktabrda boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlarida Oʻzbekiston xalqining oʻz xohish-irodasini erkin ifoda etish huquqidan foydalanganini qoʻllab-quvvatlaydi.
AQSH Davlat departamenti YXHT/DIIHB Missiyasining ovoz berish jarayoni tinch muhitda oʻtdi va saylovchilarning yuqori faolligi bilan ajralib turdi, degan baholariga qoʻshildi.
Qoʻshma Shtatlar Oʻzbekiston hukumati va YXHT/DIIHB kuzatuvchi missiyasi oʻrtasidagi hamkorlik yaxshilanganini olqishlaydi va YXHT tavsiyalarining saylovlar hamda fuqarolik va siyosiy huquqlarni ilgari surish boʻyicha kelgusida amalga oshirilishini intiqlik bilan kutmoqda.
“Biz Oʻzbekiston hukumati bilan ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga ega ushbu va boshqa koʻplab masalalar boʻyicha hamkorlikni davom ettirish tarafdorimiz”, – deyiladi Davlat departamenti bayonotida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring