Antarktidadan dunyodagi eng katta aysberg ajralib chiqdi
Foto: European Union, Copernicus Sentinel-X
Ayni paytda dunyodagi eng yirik aysberg A-76 Antarktidadan ajralib chiqqan. Bu haqda "Meteoweb" portali sunʼiy yoʻldosh maʼlumotlariga asoslanib xabar tarqatdi.
Ulkan muz qoyasining uzunligi 170, eni 25 kilometrni tashkil etadi. Uning maydoni 4320 kvadrat kilometrga teng boʻlib, buni Ispaniyaning Malyorka orolining hududi bilan taqqoslash mumkin.
Taʼkidlanishicha, A-76 Ueddell dengizi, Filchner-Ronne muzligining gʻarbiy qismidan ajralib chiqqan.
Aysbergning ajralib chiqishi Buyuk Britaniyaning Antarktika tadqiqotlari xizmati tomonidan aniqlangan va AQSH Milliy muz markazi “Copernicus Sentinel-1” missiyasi tasvirlari yordamida tasdiqlangan.
Joriy yilning 27-fevral kuni Antarktidadan Rossiyaning Sankt-Peterburg hududi bilan taqqoslanadigan 1270 kvadrat kilometr oʻlchamdagi aysberg ajralib chiqqanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring