Angrenda yirik YTH oqibatida 7 kishi halok boʻldi
Foto: Videodan kadr
Bugun, 7-sentyabr kuni Toshkent viloyati Angren shahriga kirish qismida, Qamchiq dovoni yoʻnalishida yirik yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, A-373 “Toshkent–Oʻsh” xalqaro avtomobil yoʻlining 93-km qismida sement tashuvchi “Shacman” yuk mashinasi haydovchisi A.R. boshqaruvni yoʻqotib, temir yoʻl kesishmasida toʻxtab turgan ikki yuk avtomobili va beshta yengil mashina bilan toʻqnashgan.
Toʻqnashuv oqibatida yongʻin kelib chiqqan va u maxsus xizmatlar tomonidan tezkorlik bilan oʻchirilgan.
Hodisa natijasida 7 kishi voqea joyida halok boʻlgan. Shuningdek, 5 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan, yana 4 nafar jabrlanuvchiga tibbiy yordam koʻrsatilib, uyiga javob berilgan.
Maʼlumot uchun, Bosh vazir oʻrinbosari Achilbay Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzilgan. Komissiya hodisa sabablarini oʻrganish, jabrlanuvchilar va ularning oilalariga yordam koʻrsatish hamda yuz bergan holatga huquqiy baho berish bilan shugʻullanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Masharipov va Ashurmatov toʻp surayotgan jamoa bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring