Angrenda 11 yoshli qiz “Seftriakson” dori vositasi sababli vafot etdi

00:07 30 Oktyabr 2021 Jamiyat
1442 0

Maʼlumotga koʻra, voqea joriy yilning 20-oktyabrida sodir boʻlgan. Surunkali bronxit kasalligi sabab muntazam davolanib keladigan 11 yoshli bemor shifokor koʻrsatmasiga binoan “Цефтриаксон” antibiotigini qabul qilgani aytiladi.

Ukol qilinganidan keyin 3 daqiqa ichida bemorning qoʻllarida koʻkarishlar, koʻzlarida qizarish, koʻngil aynishi boshlangan. 10 daqiqa ichida bemor hududiy shifoxonaga olib borilgan, oʻsha yerda dastlabki yurak urishdan toʻxtash holati kuzatilgan.

Shifokorlar tezkor harakatlar bilan yurak faoliyatini tiklashga muvaffaq boʻlishadi. Ammo keyinchalik bu holat yana ikki marta takrorlanadi va tongda bemor yuragi butunlay toʻxtaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?