Angren neft bazasida avariya sabab 11,5 tonna AI-80 benzini oqib ketdi
Foto: Illustrativ foto
Ijtimoiy tarmoqda Angren neftbazasida avariya sodir etilganligi bilan bogʻliq tarqalgan xabar yuzasidan korxona boshligʻi D.Azimov munosabat bildirdi:
- Joriy yilning 10-dekabr kuni taxminan soat 20.10 da Angren neftbazasi hududida 5000m(kub) hajmdagi 20-sonli sigʻim (rezervuar) sifonining joʻmragi havo harorati pasayishi munosabati bilan muzlab yorilish yuz bergan. Natijada sigʻimda boʻlgan AI-80 benzin yoqilgʻi mahsuloti 11500 litr toʻkilgan. Sodir boʻlgan avariya holati zavod ishchi-xodimlari tomonidan shu kunning oʻzida soat 20.45 da bartaraf qilingan. Hech kimga jiddiy zarar yetkazilmagan.
Yoqilgʻi mahsulotlari toʻkilishi natijasida yomgʻir suvi chiqadigan lotok ariqlari orqali zavod hududidan 2022-yil soat 14.00 da tashqariga sizib chiqqan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring