Andijonlik yigit amerikalik qiz bilan turmush qurmoqchi
Andijon shahrining Piyozpoya koʻchasida istiqomat qiluvchi Nabibullayevlar oilasi toʻy tadorigini boshlab qoʻydilar. Kuyov bola boʻlmish Saidmurod Nabibullayev Yekaterinburg shahridagi oliy taʼlim dargohida taxsil oladi. Saboqdoshi – AQSHning Kaliforniya shtatida istiqomat qiluvchi ingliz qizi Tina Linvingstonga koʻngil qoʻygan. Boʻlgʻusi kelin ham yigit bilan turmush qurish ixtiyorida. Eng muhimi, bu qarorga ularning oila aʼzolari qarshi emas.
Qatʼiy axd qilgan Tina ayni paytda Andijonda boʻlgʻusi turmush oʻrtogʻining uyida istiqomat qilmoqda. Yangi oilasining turmush tarzini oʻrganish, sharoitga moslashish boʻlajak oila mustahkamligini taʼminlashga xizmat qiladi, albatta.
Yigit bilan qizning shu kungacha unashtirish marosimi boʻlib oʻtdi. Shu yilning 5-sentyabr kuni nikohlari rasman qayd etiladi.
Ha aytgancha, Tina oʻziga «Oyshaxon» ismini maʼqul topdi.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring