Andijonlik fuqaro daryoga qoʻlbola koʻprik qurib, aholidan oʻtish uchun pul olgan
Andijon viloyatida aholini pul evaziga daryodan oʻtkazish bilan shugʻullangan fuqaro jazolandi. Bu haqda Buloqboshi tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, iyul oyida yuz bergan tabiiy ofat tufayli hududdagi Aravonsoy koʻprigi yaroqsiz holga kelib qolgan.
Biroq, 10-oktyabr kuni Bozorboshi mahallasida yashovchi, 35 yoshli, muqaddam sudlangan fuqaro ikkita yogʻochdan vaqtinchalik koʻprik yasab, ming soʻm xizmat haqi evaziga odamlarni oʻtishini tashkil qilgan.
Uning bu harakati oʻrganilgan va sudda koʻrib chiqilgan. Sud hukmi bilan fuqaro Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (Kichik bezorilik) va 200-moddasi (Oʻzboshimchalik) boʻyicha aybdor, deb topilib, 7 kunlik maʼmuriy qamoqqa hukm qilindi.
Xabarga aytilishicha, ushbu voqeadan soʻng Aravonsoy koʻprigida qurilish va taʼmirlash ishlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring