“Andijon—Xonobod” poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Shu yilning 20-iyulidan boshlab “Andijon—Xonobod” yoʻnalishida poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyiladi. U Andijon shahridan soat 06:45 da, Xonobod shahridan 17:30 da yoʻlga tushadi. Harakat davomida “Yangi Andijon”, “Jalaquduq”, “Savoy” hamda “Maʼmurobod” bekatlarida toʻxtab, Andijon, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa tumanlari hamda Qorasuv shahri aholisiga ham xizmat koʻrsatadi.
— Prezidentimiz joriy yilda Andijonga tashrifi chogʻida “Andijon—Xonobod” yoʻnalishida yoʻlovchi poyezdi qatnovini yoʻlga qoʻyish boʻyicha topshiriq bergan edi, — deydi viloyat “Nuroniylar” uyushmasi rahbari Oʻktamjon Oxunov. — Navroʻz bayrami arafasida “Qoʻqon—Andijon” yoʻnalishida harakatlanuvchi poyezd oʻz qatnovini “Andijon—Xonobod” yoʻnalishi boʻyicha ham davom ettira boshladi. Qoʻshimcha harakatning joriy etilishi ichki sayyohlik salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Andijon shahridan 70 km. uzoqlikda joylashgan Xonobod shahri sayyohlik markazi sifatida rivojlanib bormoqda. Xonobod shahrida boʻlib oʻtadigan “II Dunyo sadolari” xalqaro milliy estrada sanʼati festivali ishtirokchilari doirasida yoʻlovchilar soni keskin ortishini inobatga olsak, yangi poyezd qatnovi ayni muddao boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring