Andijondagi boʻsh yotgan barcha yer va binolar auksionga chiqariladi
Bir hafta ichida Andijonda 360 ta boʻsh va samarasiz koʻchmas mulk aniqlandi. Shuningdek, 96 ta bino-inshootlar ochiq auksionda yillab sotilmayapti. Bu haqda Prezident raisligida viloyatda oʻtayotgan yigʻilishda qayd etildi.
Bu obyektlar qulay shart asosida sotilsa, tadbirkorlar loyiha qilib, ish oʻrni yaratadi.
Masalan, Andijon shahri endokrinologiya markazidagi 20 sotix, yonidagi 1-son poliklinikaning 30 sotix boʻsh yeri auksionga chiqsa, tadbirkor 20 million dollarlik 600 oʻrinli xususiy tibbiyot markazi qurmoqchi. Yoki, Andijon tumani Oʻrikzor mahallasidagi taʼmirtalab “Oʻquvchi yoshlar markazi” auksionga qoʻyilsa, bu yerga 35 million dollar investitsiya kiritib, jami 6 ming oʻrinli bogʻcha, maktab, texnikum va oliygohdan iborat taʼlim klasteri qilaman, degan tadbirkorlar ham bor.
Mutasaddilarga boʻsh yotgan barcha yer va binolarni auksionga chiqarish topshirildi.
“Hammani qattiq ogohlantiraman – tibbiyot va taʼlim tashkilotlariga tegishli boʻsh binolar faqat “profili”ni oʻzgartirmaslik sharti bilan beriladi”, dedi Prezident.
Bosh prokuraturaga bu borada qatʼiy nazorat oʻrnatish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- “Real Madrid” magʻlubiyatga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring