Andijonda yangi gaz qudug‘i aniqlandi
Illyustrativ foto
Andijon viloyatida yangi gaz quduqlarini o‘rganish ishlari o‘zining ijobiy samarasini bera boshladi. Jumladan, Andijon tumanidagi Xrabek qishlog‘ida yangi quduq ochildi.
Tuman hokimligi Matbuot xizmati tomonidan maʼlum qilinishicha, quduqni o‘rganish ishlari 2019 yilning 4 aprel kunidan boshlangan. “Jizzakh-Petroleum” MCHJning Andijon hududiy ishlab chiqarish korxonasi tomonidan boshlangan ishlar natijasida quduqdan 2020 yil 2 may kuni sanoatbop gaz oqimi olingan. 2020 yil 14 may kuni bu yerda o‘zlashtirish ishlari yakunlangan. Joriy yilning 8 oktyabr kuni ushbu manzilda qayta o‘zlashtirish ishlari boshlandi va 2490-2476 metr intervalda zamonaviy texnologiya qo‘llanilib, qayta o‘zlashtirish ishlari natijasida sanoatbop gaz oqimi olindi.
Hozirda gaz miqdori hamda tarkibini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Saminjon HUSANOV, “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring