Andijonda quvib oʻtish qoidasini buzgan “Nexia-3” yuk mashinasiga borib urildi

01:20 13 Aprel 2025 Jamiyat
451 0

Foto: Andijon YHXB

Andijon viloyati Shahrixon tumanida quvib oʻtish qoidasini buzgan “Nexia-3” qarama-qarshi yoʻnalishda kelayotgan yuk mashinasiga borib urildi. Viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, voqea kecha, 12-aprel kuni Shahrixon tumani “Begbachcha” MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro avtomobil yoʻlning 413 kilometrida yuz bergan. Andijon-Shahrixon yoʻnalishi boʻylab harakatlanayotgan “Nexia-3” rusumli transport vositasi haydovchisi I.I. oʻzidan oldinda ketayotgan transport vositalaridan oʻzib ketishga uringan.

U yoʻlning oʻng tomoni, chetki qismida harakatlangan va oldindagi transport vositasiga toʻqnashmaslik uchun keskin tormoz berib, boshqaruvni yoʻqotgan. Shundan soʻng “Nexia-3” yoʻlning qarama-qarshi tomonidan kelayotgan IVECO rusumli yuk transport vositasining tirkamasi, orqa chap tomoniga urilib, yoʻl-transport hodisasi sodir etgan.

YHXBga koʻra, mazkur YTH oqibatida yengil avtomashinadagi yoʻlovchi shilinma tan-jarohatini olib, shifoxonaga murojaat qilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Shahrixon tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер