Andijonda qoida buzgan “Nexia-2” “Labo”ga borib urildi
Videodan kadr
Andijon tumanida quvib oʻtish qoidasini qoʻpol ravishda buzgan “Nexia-2” oʻzidan oldinda harakatlanib ketayotgan “Labo”ga borib urilib YTH sodir etdi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa bugun, 3-fevral kuni soat 10:40 larda Andijon tumani “Qurama” MFY hududidan oʻtgan A-373 avtomobil yoʻlida yuz bergan. 31 yoshli M.D. “Nexia-2” rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib, quvib oʻtish qoidasini buzgan. Oqibatda oʻzi bilan bir yoʻnalishda, oldinda harakatlanib ketayotgan “Labo”ga borib urilgan.
Toʻqnashuv zarbidan rul boshqaruvini yoʻqotgan “Labo” yoʻl chetidagi beton ustunga borib urilib, agʻdarilib ketgan.
Manbaga koʻra, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar haqida xabar kelib tushmagan, transport vositalari texnik shikastlangan.
“Hozirda Andijon tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring