Andijonda Prezident maktabi oʻz faoliyatini boshladi

10:27 28 Oktyabr 2021 Jamiyat
457 0

Foto: Халқ сўзи

Andijon shahrida Prezident maktabi oʻz faoliyatini boshladi. 86 mlrd. soʻmlik loyiha asosida taʼlim muassasasini barpo etish uchun 7,5 oy vaqt sarflandi. Maktabda taʼlim tizimida ilgʻor texnologiyalarni qoʻllagan holda oʻquvchilarni oʻqitish va tarbiyalash, isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ragʻbatlantirish, maʼnan yetuk va intellektual jihatdan barkamol qilib tarbiyalash uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

– Maktabdagi sharoitlar bilan tanishib, qani edi bolalikka qaytib qolsamu, shunday maskanda taʼlim olsam edi, - degan havas oʻtdi koʻnglimdan, - deydi Oʻzbekiston qahramoni Kamoliddin Gapirov. – Bu yerda taʼlim oladigan bolalar ertangi kunimiz ijodkorlaridir. Ularga barchamiz katta umidlar bilan qaramoqdamiz.

Bu yil maktabning 5-10 sinflariga 144 nafar oʻquvchi imtihon asosida qabul qilindi. Ularga taʼlim berish uchun 50 nafar tajribali pedagoglar jalb qilindi, shulardan 4 nafari xorijlik mutaxassislar ekanligi ahamiyatlidir. 23 nafar tarbiyachilar esa bolajonlarning taʼlimdan tashqari paytlaridagi boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga masʼullar. Oʻquvchilarning xorijiy va milliy oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlariga tayyorgarlik koʻrishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bitiruvchilarning xalqaro malaka imtihonlarini (A level) topshira olishini taʼminlash maqsadida oʻzlari qiziqqan tanlov fanlari boʻyicha chuqur oʻqitiladi. 11-sinf yakunida Cambridge Assessment tomonidan tashkil etiladigan imtihonlarni topshiradi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?