Andijonda “Nexia-2” toʻxtab turgan YPX mashinasiga urildi
Foto: Andijon YHXB
Andijon viloyatida “Nexia-2” yoʻl chetida toʻxtab turgan yoʻl-patrul xizmati mashinasining ortidan borib urildi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, voqea bugun, 7-noyabr kuni soat 14:15 da Oltinkoʻl tumani “Uyshin” MFY hududidan oʻtgan davlat ahamiyatidagi “D-105” — “Fargʻona halqa yoʻli” avtomobil yoʻlining 142 kilometrida sodir boʻlgan.
Yoʻl-patrul xizmati inspektori kichik serjant I. Otamatov unga xizmatda foydalanish uchun biriktirilgan “Lacetti” rusumli patrul avtomashinasi yoʻlning oʻng chetiga toʻxtatib, xizmatini piyoda davom ettirayotgan vaqtida “Oltinkoʻl-Andijon” yoʻnalishi boʻylab harakatlanib kelgan “Nexia-2” haydovchisi boshqaruvini yoʻqotib, xizmat avtomashinasiga borib urilgan.
Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan, biroq avtomashinalar texnik shikastlangan.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Oltinkoʻl tumani Prokuraturasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring