Andijonda murakkab jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi

19:51 06 Fevral 2025 Jamiyat
183 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Mamlakatimizda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli hududlarda ham murakkab jarrohlik amaliyotlari yoʻlga qoʻyilmoqda. Andijon davlat tibbiyot institutining umumiy jarrohlik va transplantologiya kafedrasi shifokorlari tomonidan buyrak koʻchirib oʻtkazish amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi.

— Oʻgʻlim ikki oy davomida qattiq betoblandi, — deydi Murodjon Mamajonov. — Shifokorlar uning buyragi nevroskleroz holatida ekanligini aytishdi. Buyrak almashtirish orqali shifo topishi mumkin ekan. Bu kabi jarrohlik amaliyotlari asosan Hindiston davlatida oʻtkazilishi haqida eshitgan edik. Afsuski, bizda bunga imkoniyat yoʻq edi. Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi najot berdi. Oʻz buyragimni oʻgʻlimga koʻchirib oʻtqazishlarini iltimos qildim. Jarrohlik amaliyoti olti soat davom etdi. Hozir ota-oʻgʻil sogʻlommiz. Farzandim Shamsiddin oila qurib, farzand koʻrishi mumkinligini eshitib, shifokorlarni duo qilib oʻtiribman. Respublikamizning hududlarida ham shunday sharoitlar yaratilganidan minnatdormiz!

Aytish joiz, bugungi kunda Andijon tibbiyot instituti klinikasida miyada yopiq jarohlik, buyrak, jigar koʻchirish amaliyotlari ham muvaffaqiyatli bajarilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер