Andijonda hokim oʻrinbosari 15 ming dollar bilan qoʻlga tushdi
Videodan kadr
Andijon viloyatida tuman hokimi oʻrinbosari 15 ming dollar pora olayotganida qoʻlga tushdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, hokim oʻrinbosari mansab mavqeidan foydalanib, tuman hududidan oʻtgan katta yoʻl boʻyida 400 metr uzunlikdagi suv yoʻlini yopiq tizimga oʻtkazgan holatda uning hisobiga yuzaga keladigan 60 sotix yer maydonida har biri 30 metr 2 boʻlgan jami 68 ta savdo doʻkoni qurish uchun yer ajratish va tegishli hujjatlarni yuqori lavozimli tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga fuqarodan 15 ming AQSH dollari talab qilgan.
Biroq huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda mazkur mansabdor shaxs pullarni (toʻliq) olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a,v” bandlari 28,211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring