Andijonda hakamlik sudi sudyasi pora bilan ushlandi
Illyustrativ foto
Andijonda hakamlik sudi sudyasi 2 nafar fuqaroni Janubiy Koreyaga mavsumiy ishchi sifatida yuborishni vaʼda qilib, ulardan 15 ming dollar talab qildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, hakamlik sudi sudyasi oʻzining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Andijon viloyatida yashovchi 2 nafar fuqaroni Janubiy Koreyaga mavsumiy ishchi sifatida yuborishga kelishib, evaziga 15 ming dollar talab qilgan. Shuningdek, u ishni tezroq bitirib berish uchun oldindan 4,1 ming dollarni “avans” tariqasida olgan.
Biroq bergan vaʼdasini ustidan chiqa olmagach, muqaddam olgan pul mablagʻidan bir qismini qaytarib bergan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring