Andijonda fuqaro 52 ta radarni “urib tushirdi”
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda bir fuqaro 52 ta radar kamerani tosh bilan urib sindirgani toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi. Bunga Andijon viloyati IIB munosabat bildirdi.
Unga koʻra, 1976-yilda tugʻilgan M.S. ismli shaxs M.S. Andijon shahri hududidagi 29 ta chorrahaga oʻrnatilgan “TELECOM SOFT” MCHJga tegishli boʻlgan 51 dona “Hikvision” rusumli yoʻl harakati qoidalari buzilganligini aniqlaydigan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd qilish dasturiy-texnik vositalari va 1 dona “Hikvision” rusumli radar kompleksiga zarar yetkazgan.
U radarlarni oʻziga tegishli boʻlgan “SRKET” rusumli pnevmatik miltiqdan oʻq otish orqali ishdan chiqargan.
Maʼlumotlarga koʻra, ish boʻyicha oʻtkazilgan sud-tovarshunoslik ekspertizasining xulosasi moddiy zarar jami 1 milliard 147 million soʻmni tashkil etganini koʻrsatdi.
Holat yuzasidan Andijon shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan fuqaro M.S.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring