Andijonda davlat tashkiloti yerini sotishga uringan shaxs qoʻlga tushdi
Foto: Prokuratura departamenti
Andijon viloyatida “Norin-Qoradaryo” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi balansidan 10 sotix yer maydoni olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Departamentning Shahrixon tumani boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Tadbirda fuqaro M.A. fuqaro S.T.ning ishonchiga kirib, unga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish hamda qoʻshimcha obyekt qurish uchun Shahrixon tumani, “Norin-Qoradaryo” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi balansidagi 10 sotix yer maydonini goʻyoki kadastr boʻlimida ishlovchi tanishlari orqali noturar joy sifatida kadastr hujjatlarini tayyorlab olib berishi evaziga 32 ming dollar berishi kerakligini aytib, shundan 18 ming dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Manbaga koʻra, hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring