Andijonda “Damas” butkul yonib ketdi
Foto: Andijon YHXB
Andijon viloyati Oltinkoʻl tumanida “Damas” rusumli avtomashina yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, voqea bugun, 12-dekabr kuni soat 13:40 lar atrofida Oltinkoʻl tumani “Temirxoʻja” MFY hududidan oʻtgan A-373 Toshkent-Oʻsh avtomobil yoʻlining 326 kilometrida joylashgan avtomobillarga gaz toʻldirish shoxobchasi oldida yuz bergan.
Viloyat YHXB xabariga koʻra, 2005-yilda tugʻilgan A.J.ga tegishli boʻlgan “Damas” rusumli transport vositasining elektr simlaridan chiqqan qisqa tutashuv oqibatida transport vositasida yongʻin kelib chiqqan.
Ushbu yongʻin Oltinkoʻl tumani FVB xodimlari tomonidan toʻliq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida jabrlangan fuqarolar yoʻq, biroq transport vositasi toʻliq yonib ketgan.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Oltinkoʻl tumani FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring