Andijonda bojxona xodimining hujjatini soxtalashtirganlar ushlandi
Foto: Bojxona qoʻmitasi
Andijon viloyatida bankdan kredit olish uchun bojxona xodimining soxta guvohnomasi va oylik ish haqi toʻgʻrisida maʼlumotnoma tayyorlash bilan bogʻliq firibgarlik fosh etildi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qoʻmitasi.
Maʼlum qilinishicha, Bojxona qoʻmitasi hamda Andijon viloyati va Toshkent shahar bojxona boshqarmalari tezkor tuzilmalari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Tadbir davomida oldindan kuzatuvga olingan shaxsning yashash xonadoni belgilangan tartibda koʻzdan kechirilganida, u yerda “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Kadrlar Boshqarmasi” yozuvli muhr, oylik ish haqi toʻgʻrisida maʼlumotnomalar, shuningdek, ushbu shaxsning goʻyoki bojxona xodimi ekanini tasdiqlovchi guvohnoma, ishga aloqador boshqa hujjat hamda vositalar borligi aniqlangan.
Maʼlum boʻlishicha, 3 nafar shaxsdan iborat uyushgan guruh hujjatlarni qalbakilashtirish orqali oylik ish haqi toʻgʻrisida maʼlumotnoma tayyorlab, unga soxta muhr bosib, qalbakilashtirilgan xizmat guvohnomalari bilan hududlardagi banklarga kredit olish uchun taqdim etib kelgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Idora axborot xizmati, shu oʻrinda, fuqarolardan “Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzi qoʻllanilgan har qanday muhr va hujjatlarga aldanmasliklarini soʻragan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring