Andijonda aholi xonadonlaridan biri yonib ketdi
Videodan kadr
Andijon viloyatining Andijon tumanidagi xonadonlardan birida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, kecha, 2-dekabr kuni soat 22:33 da “Kurama” MFY, Serfayz koʻchasida joylashgan aholi yashash xonadonida yongʻin yuz bergani toʻgʻrisida FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga koʻra, 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 22:44 da hodisa joyiga yetib borib, soat 22:49 da alangani oʻrab olingan va 23:30 da toʻliq oʻchirgan.
Aniqlanishicha, hodisa oqibatida yashash uyining shift, tom qismi va uy roʻzgʻor buyumlari zararlangan. Yongʻin oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar toʻgʻrisida xabar kelib tushmagan.
Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring