Andijonda adirlikda joylashgan mahalla ilk bor ichimlik suvi bilan taʼminlandi
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon viloyati Marhamat tumanidagi “Yangi hayot” MFY adirlikda joylashgan. Bu esa toza ichimlik suvi taʼminotida oʻziga xos muammolarga sabab boʻlayotgan edi. Negaki, tumanni “obi hayot” bilan taʼminlovchi “Karkidon” suv saqlash inshooti ham ushbu manzildan 100 metr quyida joylashgan. Mahallada hukm surib kelgan muammoni bartaraf etish uchun qurilish ishlari amalga oshirildi.
— Natijada ikkita suv saqlash inshooti barpo etildi, — deydi “Andijon suv taʼminoti” AJning tumandagi filiali xodimi Saydullo Esonboyev. — Shu bilan bir qatorda 13 km. masofaga suv quvuri tortildi. Hozirda har bir xonadonning ichiga suv joʻmraklari oʻrnatildi.

Loyihaning foydalanishga topshirilishi shu yerda istiqomat qiluvchi aholi uchun haqiqiy bayramga aylandi. Boisi, ularning uzoq yillik orzulari amalga oshdi.
— 45-yildirki, ushbu mahallada istiqomat qilaman, — deydi mehnat faxriysi Nabijon Abdusamatov. — Ortda qolgan yillar davomida ichimlik suvini maʼlum masofadan tashib kelishga toʻgʻri keldi. Amalga oshirilgan bu xayrli ishlarni koʻrib, masʼullarni duo qilmoqdamiz.
Bugungi kunda Marhamat tumanidagi aholining suvlashganlik darajasi 85 foizni tashkil etmoqda. Yil yakuniga qadar bu koʻrsatkich keskin oʻzgaradi. Zero, taʼminotni yaxshilash borasidagi ishlar tumanning boshqa manzillarida ham davom etyapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring