Andijonda 4,2 magnitudali zilzila sodir boʻldi

10:00 08 Avgust 2025 Jamiyat
187 0

Andijon viloyatida 4,2 magnitudali zilzila sodir boʻldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bugun, 8-avgust kuni soat 08:58 da Andijon viloyatining Marhamat tumanida 4 balli yer qimirlashi qayd etilgan.

Zilzila magnitudasi 4,2 ga teng, silkinish 15 km chuqurlikda yuz bergan. Uning epitsentri Toshkentdan 268 km janubiy-sharqda joylashgan.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Andijon viloyatida 3 ball, 29 km;
  • Fargʻona viloyatida 2-3 ball, 45 km;
  • Namangan viloyatida 2 ball, 72 km.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?