Andijonda 40 mln dollarga kichik va mikro GESlar quriladi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Andijon viloyatida kichik va mikro GESlar qurish uchun 40 million dollar ajratiladi. Bu haqda viloyatda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda qayd etildi.
Izboskan tumanida tadbirkor 10 million dollar investitsiya hisobiga quvvati 3,2 megavattli kichik GES qurgan. GES yiliga 8 million kilovatt-soat elektr beradi. Bu Izboskan aholisi isteʼmolining 20 foizi degani.
Prezident bu namunali loyihani maʼqullab, viloyatning suv oqimi yuqori boʻlgan ariq va kanallarida 75 megavatt quvvatga ega kichik va mikro GESlar qurish imkoniyati borligini aytdi.
Andijondagi bunday loyihalarga 40 million dollar ajratilishi belgilandi. Bu mablagʻlar tadbirkorlarga 3-yil imtiyozli davr bilan 7-yilga 12 foiz stavkada beriladi.
Mahalliy komponentni rivojlantirish uchun avgust oyida xitoylik investorlar bilan mikro GES agregatlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. Eʼtiborli jihati, bu investor qurilgan GESlarga 1-yil bepul servis koʻrsatadi, keyingi 9-yilda kafolatli pulli xizmatni yoʻlga qoʻyadi.
Viloyat hokimligiga bu yil quvvati 24 megavatt, keyingi yil yana 20 megavatt boʻlgan jami 763 ta kichik va mikro GESlarni ishga tushirish choralarini koʻrish topshirildi. Bu loyihalar ishga tushsa, 38 ming xonadon uzluksiz elektr bilan taʼminlanadi, viloyatning elektr importi 10 foizga qisqaradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring