Andijonda 24/7 tartibida ishlaydigan koʻcha foydalanishga topshirildi
Prezidentimiz tomonidan iqtisodiyotni yangi bosqichga koʻtarish, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi daromadlarini oshirish boʻyicha belgilangan chora-tadbirlar Andijon viloyatida izchil amalga oshirilmoqda. Ortda qolayotgan yil davomida ana shu koʻrsatmalar ijrosini taʼminlash maqsadida 1,2 trln soʻm boʻlgan 88 ta “drayver” loyiha shakllantirildi va ular hisobiga 11 ming nafardan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi.
— Har bir loyiha aholi bandligi va mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirish nuqtayi nazaridan koʻrib chiqilmoqda, — deydi Andijon viloyati hokimligi xodimi Rustamjon Eshonov. — Masalan, Andijon shahridagi “Oʻrikzor” mahallasi Mashrab koʻchasini 24/7 tartibida ishlaydigan gastronomik, turizm va zamonaviy savdo-servis koʻchasiga aylantirish uchun 12 milliard soʻmlik loyiha amalga oshirildi. Bu yerda 50 ta savdo va xizmat koʻrsatish hamda ovqatlanish obyektlari tashkil etilib, 120 nafar fuqaro doimiy ish oʻrniga ega boʻladi. Yangi koʻchaning foydalanishga topshirilishi nafaqat, viloyat aholisiga, balki shahrimiz mehmonlariga ham Yangi yil oldidan munosib sovgʻa boʻldi.

Keng koʻlamli ishlar 2026-yilda ham davom ettirilishi rejalashtirilgan boʻlib, viloyatda 679 ta yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish va 4,1 mingta yangi ish oʻrni yaratish koʻzda tutilgan. Bu tashabbuslar orqali mahalliy bozor faollashib, aholi daromadlari oshishi va hududlarning iqtisodiy salohiyati yanada mustahkamlanishi kutilmoqda.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring