Andijonda 2 500 qutidan ortiq noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosining oldi olindi

15:31 23 Iyun 2025 Jamiyat
107 0

Illyustrativ foto

Andijonda 2 500 qutidan ortiq noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Departamentning Ulugʻnor tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “B.O.” MCHJ savdo doʻkoni sotuvchisi K.M. va boshqalar oʻzaro til biriktirib, savdo doʻkonida xorijda ishlab chiqarilgan 2 596 quti aksiz markasiz tamaki hamda 141 dona elektron tamaki mahsulotini sotuvga qoʻyganliklari aniqlanib, ushbu tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Boshqa bir holatda esa Departamentning Andijon shahri boʻlimi va Soliq inspeksiyasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.J. davlat roʻyxatidan oʻtmasdan “Yorboshi” MFY hududidagi savdo doʻkonida tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelganligi aniqlanib, ushbu savdo doʻkonidan umumiy bahosi 44,7 million soʻmlik jami 3 249 quti tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер