Andijon viloyatida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish boʻyicha ishlar oʻrganildi
Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi Abdulxakim Eshmuratov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Andijon viloyatida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va hududdagi kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi oʻrganildi.
Oʻrganish jarayonida davlat va jamoat tashkilotlari faoliyatida shaffoflikni taʼminlash masalalari, shuningdek, aholi murojaatlariga munosabat bildirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi hamkorligi, profilaktik tadbirlarning samaradorligi atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, hokimliklar, ichki ishlar, prokuratura, sud organlari, jamoatchilik vakillari va “mahalla yettiligi” bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, joylardagi muammo va takliflar koʻrib chiqildi.
Aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, yoshlar hamda xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan targʻibot ishlariga ham eʼtibor qaratildi.
Bundan tashqari, viloyatda korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish, shu jumladan, maishiy korrupsiyaga barham berish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish muhitini shakllantirish, bozorlardagi avtoturargohlar faoliyatini raqamlashtirish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha qabul qilingan “yoʻl xaritasi”, “chora-tadbirlar rejasi”, kompleks dasturlar ijrosi joyiga chiqqan holda muhokama qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring