Andijon viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Ilhom Qahramonovich Sobirov Andijon viloyati hokimi oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Ilhom Sobirov 1974-yilda Andijon viloyatining Shahrixon tumanida tugʻilgan. 1996-yilda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutini, 2003-yilda Guliston davlat universitetini, 2006-yilda prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Sobirov mehnat faoliyati davomida viloyat hokimining oʻrinbosari — viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻi boʻlib ishlagan. Shuningdek, u “Oʻzpaxtasanoat” AJda bosh texnik, mutaxassis, bosh muhandis, boʻlim boshligʻi oʻrinbosari, Vazirlar Mahkamasida shuʼba mudiri kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan.
Ushbu lavozimiga tayinlanguniga qadar “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi standartlar va innovatsiyalarni joriy qilish hamda grantlarni jalb qilish boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring