Andijon viloyati hokimiga ikki oʻrinbosar tayinlandi

15:11 09 Dekabr 2025 Jamiyat
328 0

Foto: Andijon viloyati hokimligi

Andijon viloyati hokimini Shuhratbek Abdurahmonovga ikki oʻrinbosar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Toʻlanov Akmaljon Maxammatumarovich Andijon viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari-iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

Akmaljon Toʻlanov 1989-yilda Andijon viloyatining Xoʻjaobod tumanida tugʻilgan. U 2013-yilda Andijon mashinasozlik institutini (kunduzgi) tamomlagan.

Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Andijon viloyati boshqarmasi boshligʻi sifatida faoliyat olib borgan.

Shuningdek, Ismanov Isomiddin Bahriddinovich Andijon viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.

Isomiddin Ismanov 1981-yilda Andijon viloyatining Andijon tumanida tugʻilgan. U 2006-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Toshkent oliy harbiy texnika bilim yurtini (kunduzgi) tamomlagan.

Mazkur lavozimga tayinlanguniga qadar, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti Tezkor vaziyatlarni tahlil qilish boshqarmasi boshligʻi sifatida faoliyat olib borgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?