Andijon delegatsiyasi Xitoydagi xalqaro forumda

14:21 13 Sentyabr 2024 Jamiyat
364 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Xitoyning Fuszyan provinsiyasi Syamin shahrida XXIV xalqaro investitsiya va savdo forumi boʻlib oʻtdi. Unda Andijon viloyatida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlardan iborat delegatsiya aʼzolari ham ishtirok etdi. Tadbir davomida xitoylik hamkorlar bilan 100 million dollarlik qiymatga ega 5 ta istiqbolli loyihalar yuzasidan muhokamalar olib borildi. Ularni hayotga joriy etish borasidagi chora-tadbirlar belgilanmoqda. Jumladan, chiqindini qayta ishlash orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasi boʻyicha “Jin Ming” energetika kompaniyasi bilan 250 million dollar qiymatdagi muhim memorandum imzolandi. Loyiha Andijon tumani hududida amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Qurilish ishlari kelgusi oydan boshlanishiga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?