Amerikalik aktyor Kevin Speysining ahvoli yaxshi, u Toshkent kinofestivalidan mamnun — Kinofestival axborot xizmati

09:46 06 Oktyabr 2023 Jamiyat
349 0

Mashhur amerikalik aktyor Kevin Speysi “Ipak yoʻli durdonasi” XV Toshkent xalqaro kinofestivalining yopilish marosimida soʻzga chiqib, oʻz taassurotlari bilan oʻrtoqlashgan edi. Shu bilan birga sogʻligʻi haqida maʼlumot bergan:

“Kim tinchlikni sevmaydi? Taraqqiyotga kelsak, men kecha suratga olish maydonchasida boʻldim va bu yerdagi professionallik darajasi men ishtirok etgan boshqa suratga olish maydonlarining hech biridan kam emas. Maksimal say-harakatlar amalga oshirilmoqda, shuning uchun bugungi natijalar yetti yil oldin boʻlganidan juda farq qiladi. Taʼlim? Festival davomida boʻlib oʻtgan oʻnlab ajoyib mahorat darslarini koʻring va baho bering. Bu yosh kinoijodkorlarga oʻzini rivojlantirish uchun yangi tajribalarni olish imkonini berdi. Bu qanchalik muhimligini bilaman. Men ham yosh boʻlganman va shu orqali tajriba ortirganman.

Yoshligimda, kinoni ilk bor kashf qilganimda, meni maftun etgan taniqli kinoyulduzlarga qarardim. Bu yerda qilayotgan ishlaringiz, ayniqsa, aholining 60 foizini tashkil etuvchi yoshlar uchun juda muhim. Bugun bu yerda taniqli rejissyorning filmlari namoyish etilganda, hatto qorongʻu burchakda oʻtirgan oʻgʻil yoki qiz ham ularni tomosha qilishdan ilhom oladi. Festivalning mazmun-mohiyati ham shundan iborat”, - degan Speysi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?