“Amerika orzusi”dagi fuqaro firibgarlik qurboni boʻldi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahri boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro B.B. fuqaro M.X.ning ishonchiga kirib, uni 28 ming AQSH dollari evaziga Meksika davlati orqali AQSHga yuborishini vaʼda qilib, shundan 4 ming 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Shu kabi yana bir holat departamentning Andijon viloyati boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan.
Unga koʻra, “H.D.” MCHJ rahbari J.D. fuqaro Gʻ.A.ning ishonchiga kirib, uni Bolgariya davlatiga ishga yuborishi uchun viza olib berishni vaʼda qilib, evaziga ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- “Real Madrid” magʻlubiyatga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring