Aleksandr Usik kamarlaridan biridan mahrum boʻldi
Arxiv foto
Professional boksning ogʻir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) chempionligi unvonidan voz kechayotganini maʼlum qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Sportchining taʼkidlashicha, 2024-yilning 21-sentyabr kuni britaniyalik bokschilar Entoni Joshua va Daniyel Dyubua oʻrtasida ushbu unvon uchun chempionlik jangini tashkil qilish imkoniyatini yaratish maqsadida kamardan voz kechmoqda.
«IBF kamari 2024-yil 21-sentyabrdagi jang uchun sizga sovgʻamdir. Dunyo kuchlilarni sevadi. Doʻstingiz, ogʻir vaznda mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik», deydi ukrainalik bokschi.
Usik 2024-yil 18-may kuni oʻsha paytda WBC kamariga ega boʻlgan britaniyalik Tayson Fyurini magʻlub etib, ogʻir vaznda mutlaq jahon chempioni boʻlgandi. Usik Tayson Fyurini magʻlub etib, 25-yil ichida ilk bor WBA, WBO, WBC, IBO va IBF kamarlari egasiga aylangandi.
Usik va Fyuri oʻrtasidagi revansh jangi shu yilning 21-dekabr kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring