Albaniya Eron bilan diplomatik munosabatlarni uzganini eʼlon qildi

19:19 07 Sentyabr 2022 Dunyo
1119 0

Illyustrativ foto

Albaniya Eron bilan diplomatik aloqalarini uzdi va ushbu mamlakat elchixonasi xodimlariga mamlakat poytaxti Tiranani tark etishlari uchun 24 soat muhlat berdi.

Bu haqda “Al-Arabiya” telekanali xabar bermoqda. Albaniya bosh vaziri Edi Ramaning soʻzlariga koʻra, bu qaror uzoq davom etgan tergov natijasida qabul qilingan boʻlib, uning davomida Albaniya davlat xizmatlari va muassasalariga bir qator kiberhujumlar ortida Tehron turgani maʼlum boʻlgan.

«Bunday radikal harakatlar davlat xizmatlarini falaj qilish, davlat raqamli tizimlarini buzish va intranet (internetdan farqli oʻlaroq, u odatda jismoniy shaxs, tashkilot yoki yirik davlat idorasiga tegishli boʻlgan ichki xususiy tarmoq) tizimida saqlanadigan ichki elektron maʼlumotlarni oʻgʻirlash bilan tahdid qilingan kiberhujumning jiddiyligiga toʻliq mos keladi. Bu tartibsizlikni keltirib chiqarishi va mamlakat xavfsizligiga taʼsir qilishi mumkin», deydi Edi Rama.

Mazkur ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar 2014-yilda, Albaniya Eronning «Mujohiddin-ye xalq» muxolifat guruhining 3000 nafarga yaqin vakilini qabul qilganida yomonlashgan edi. Avvalroq, Albaniya Tehronda ushbu guruhga qarshi rejalashtirilgan bir necha hujumlar muvaffaqiyatsizlikka uchragani haqida maʼlum qilgan edi.

Hozircha ushbu xabarga Eronning Tiranadagi elchixonasidan hech qanday munosabat bildirilmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?