“Al-Nasr” safarda gʻalaba qozondi
Kecha, 21-yanvar kuni Saudiya Arabistoni Professional ligasining 17-turidan oʻrin olgan bahslar davom ettirildi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Al-Nasr” jamoasi safarda “Damak” klubi mehmoni boʻldi.
Uchrashuv 2:1 hisobida mehmonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda hisob 5-daqiqada Abdulrahmon Gʻarib tomonidan ochildi. Birinchi boʻlim 0:1 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 50-daqiqasida Krishtianu Ronaldu “Al-Nasr”ning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Taʼkidlash joizki, bu Ronalduning faoliyatidagi 960-goli boʻldi.
68-daqiqada Jamal Harkas “Damak” klubining oʻyindagi yagona javob goliga mualliflik qildi. Shu tariqa oʻyin 2:1 hisobida “Al-Nasr”ning gʻalabasi bilan yakunlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
- Qiyinchiliklarda toblangan, ichki kuch va ogʻriqlarni jilovlay olgan — “Inson”
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring