“Al-Hilol” jamoasidan ishonchli gʻalaba
Kecha, 21-oktyabr kuni Osiyo Elit chempionlar ligasi musobaqasining 3-tur bahslari oʻz nihoyasiga yetdi. Turni yakunlab bergan bahsda Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi oʻz maydonida Qatarning “Al-Sadd” klubini qabul qildi. Uchrashuv 3:1 hisobi bilan Simone Inzagi boshqaruvidagi jamoa gʻalabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvda hisob 25-daqiqada ochildi. “Saudlar”ning turkiyalik futbolchisi Yusuf Akchichek dastlabki golni urdi. 40-daqiqada Kalidu Kulibali hisobni 2:0 koʻrinishiga keltirdi. Birinchi boʻlim shu hisobda yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 63-daqiqasida Roberto Firmino hisobni qisqartirdi. 81-daqiqada esa Sergey Milinkovich-Savich bahsdagi soʻnggi golni kiritdi. Yakuniy hisob — 3:1 “Al-Hilol” jamoasi foydasiga.
“Al-Hilol” — “Al-Sadd” 3:1
Gollar: Yusuf Akchichek (25), Kalidu Kulibali (40), Sergey Milinkovich-Savich (81); Roberto Firmino (63).
“Al-Hilol”: Bono, Ernandes, Akchichek, Kulibali, Al-Harbi, Kanno, Nevesh, Al-Hamdan, Milinkovich-Savich, Sezar, Leonardo.
“Al-Sadd”: Barsham, Pedro, Suxayl, Salmon, Ottavio, Gilyerme, Kamara, Jovanni, Afif, Klaudinyo, Firmino.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring