“Al-Hilol” navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
Kecha, 27-fevral kuni Saudiya Arabistoni Professional ligasining 24-turidan oʻrin olgan bahslar start oldi. Kun doirasidan oʻrin olgan oʻyinda “Al-Hilol” jamoasi safarda “Al-Shabab” bilan kuch sinashdi.
Uchrashuv 5:3 hisobida “ar-riyodliklar”ning gʻalabasi bilan yakunlandi. Gʻoliblar safida gollarni Markos Leonardo, Kalidu Kulibali, Muhammad Kanno va Sulton Mandash kiritdi. Yana bir gol avtogol sifatida mezbonlarning “Al-Hilol”ga begona boʻlmagan futbolchisi Ali Al-Bulayhi hisobida qayd etildi.
“Al-Shabab”ning javob gollariga esa Josh Brounhill, Abdurrazzoq Hamdallah va Yasin Adli mualliflik qildi.
Ushbu gʻalabadan soʻng “Al-Hilol” jamoasi ochkolari sonini 58 taga yetkazgan holda Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi “Al-Nasr” bilan tenglashib oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring