Akbar Joʻrayev avtomobil bilan taqdirlandi!
Xabaringiz bor, joriy yilning sentyabr oyida Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida oʻtkazilgan jahon chempionatida erkaklar oʻrtasida -109 kg vazn toifasida hamyurtimiz Akbar Joʻrayev dast koʻtarish va ikki kurash yakunlariga koʻra 2 ta oltin medalni qoʻlga kiritib, dunyoda tengsiz ekanini yana bir bor isbotlagan edi.
Yurt shaʼnini munosib himoya qilib, jahon arenasida bayrogʻimiz yuqori koʻtarilib, madhiyamiz yangrashiga sabab boʻlgan polvonimiz Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan munosib taqdirlandi va "Chevrolet Gentra" avtomobili bilan taqdirlandi. Mukofotni topshirish jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri oʻrinbosari — mamlakat ogʻir atletika federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Shahrillo Mahmudov ishtirok etdi.
Oʻz navbatida, iqtidorli sportchimiz bunday mukofotdan mamnun ekanini bildirib, kelajakda ham dunyoning eng nufuzli musobaqalarida Oʻzbekiston sharafini munosib himoya qilish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishga vaʼda berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring