Akademik: “Oziq-ovqatlar va suv orqali koronavirusni yuqtirib olmaslik uchun anʼanaviy usuldan foydalaning“

Foto: РИА Новости
Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi, virusolog Feliks Yershov NSNga bergan intervyusida qanday qilib oziq-ovqat va suvdan koronavirusga chalinishning oldini olish mumkinligini aytib berdi.
Akademikning aytishicha, koronavirusning oʻziga xos xususiyati virus faqat havo tomchilaridan emas, oshqozon orqali ham tarqaladi. Shu sababli ichimlik va oziq-ovqatdan virus yuqtirib olishdan himoyalanish uchun zararsizlantirishning anʼanaviy usullaridan foydalanish mumkin.
“Barcha uy bekalariga maʼlumki, issiqlik bilan ishlov berish viruslarni oʻldiradi. Shuning uchun suvni qaynatish lozim. Eng qiyin masala oziq-ovqat mahsulotlaridir. Ularni ham yaxshilab yuvish, iloji boʻlsa, termik ishlov berish, eskirgan mahsulotlarni isteʼmol qilmaslik kerak”, — degan Yershov.
Oziq-ovqatdan kasallikni yuqtirib olmaslik uchun olim, shuningdek, hojatxonadan chiqqandan keyin qoʻlni yuvish va bolalarning gigiyenaga amal qilishini nazorat qilish lozim, deya taʼkidlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring