Ayrim sitrus mevalar bojxona bojidan ozod qilinadi
“Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlash va ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (627-son, 07.10.2021-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2022-yil 1-maygacha quyidagi tovarlar bojxona bojidan ozod qilinadi:
● bananlar, plantaynlar (yangi yoki quritilgan) – TIF TN kodi 0803;
● yangi yoki quritilgan finikilar, anjir, ananaslar, avokado, guayyava, mango va mangostan yoki garsiniya – TIF TN kodi 0804;
● yangi yoki quritilgan sitrus mevalar – TIF TN kodi 0805;
● yangi papayya – TIF TN kodi 0807 20 000 0;
● yangi olma, nok va behi – TIF TN kodi 0808;
● kivi – TIF TN kodi 0810 50 000 0.
Shuningdek, qaror bilan goʻsht (mol, qoʻy, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni soʻyish mahsulotlari, kartoshka hamda muzlatilgan baliqni Oʻzbekistonga olib kirish, ularni sotish boʻyicha aylanmalarni QQSdan ozod qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring