Ayrim tibbiy jihozlar klinik tadqiqotlarsiz roʻyxatdan oʻtkaziladi

15:31 09 Yanvar 2026 Hujjatlar
392 0

Illyustrativ foto

Adliya vazirligida “Tibbiy jihozlarning klinik tadqiqotlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanalida xabar berildi.

Nizomga koʻra, quyidagi tibbiy jihozlar klinik tadqiqotlarsiz davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi:

• xavfsizlik klassifikatsiyasi boʻyicha I sinfga mansub tibbiy jihozlar;

• Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan qayta malakalangan (prequalification), JST bilan hamkorlikda roʻyxatdan oʻtkaziladigan “In vitro” tashxis tibbiy jihozlari;

• Oʻzbekistonda klinik tadqiqotlari oldin oʻtkazilgan tibbiy jihozlar.

Qayd etilishicha, klinik tadqiqotlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror Markaz tavsiyasi asosida Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan Ekspertlar kengashi tomonidan qabul qilinadi.

Shuningdek, klinik tadqiqotlar tibbiy jihozning xavfsizlik darajasidan kelib chiqib, kamida 20 nafar klinik tadqiqot subyekti jalb etilgan holda oʻtkazilishi belgilangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?