Ayrim rahbarlarning xorijiy davlatlarga borib, investitsiya jalb qilish boʻyicha ishlari kutilgan natijasini bermayotgani qayd etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda investitsiya, eksport va xalqaro hamkorlik sohalarida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Masalan, Fargʻona viloyati hokimi 2022-yilda Yaponiya va Germaniyaga, 2023-yilda Koreya va Xitoyga borib 1,8 milliard dollarlik 42 ta loyiha boʻyicha kelishuvga erishgan.
Lekin, bir yildan ortiq vaqt oʻtgan boʻlsa-da, 1,5 milliard dollarlik 39 ta loyiha boʻyicha hali ish boshlanmagan.
Shu kabi, Sirdaryo viloyati hokimi oxirgi 2-yilda Koreya va Xitoyga borib, bor yoʻgʻi 180 million dollarlik 17 ta loyiha boʻyicha shartnoma qilgan. Shundan hozirda 6 ta loyihadagi ishlar toʻxtab qolgan.
Tashriflarda hokimlar milliard-milliard dollarlik loyiha takliflarini xorijiy hamkorlar bilan ishlab chiqib, ularni dasturga kiritgan boʻlishiga qaramay, loyihani yurgizish masalasini oʻz holiga tashlab qoʻygan.
Shu bois, bu loyihalar bilan Investitsiya vazirligining oʻzi shugʻullanishi belgilandi.
Investitsiya vaziriga tarmoq rahbarlari bilan birga 41 ta loyiha boʻyicha barcha hisob-kitoblarni qilib, loyiha oldi hujjatlarini ishlab chiqib, xorijiy investorlar va moliya institutlariga taqdimot qilish va amaliy ishlarni boshlash topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring