Ayrim ichak bakteriyalari yurak xastaliklari xavfini kamaytirishi aniqlandi
Illyustrativ foto
AQSHning Brouda instituti va Garvard universiteti olimlari ichaklardagi ayrim bakteriyalar — «Oscillibacter» va «Eubacterium coprostanoligenes» qonda xolesterin miqdorini kamaytirishga yordam berishini hamda bu yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishining oldini olishini aniqlashdi. Tadqiqot natijalari «Cell» jurnalida chop etildi.
Olimlar jamoasi 1400 dan ortiq ishtirokchilarining metabolitlari va mikrobial genomlarini tahlil qilishdi. Bu yurak-qon tomir kasalliklari uchun xavf omillariga qaratilgan yirik Amerika tadqiqot loyihasidir. Mutaxassislar ichak mikrobiomasidagi qaysi oʻzgarishlar yurak va qon tomirlarining yaxshi ishlashi bilan bogʻliqligini aniqlashga harakat qilishdi.
Natijalar shuni koʻrsatdiki, ichaklarida koʻproq «Oscillibacter» va «Eubacterium coprostanoligenes» bakteriyalari boʻlgan odamlarda xolesterin almashinuvi yaxshilangan. Ushbu bakteriyalar xolesterinni oraliq mahsulotlarga aylantirishga qodir boʻlib, keyinchalik u boshqa bakteriyalar tomonidan parchalanib, tanadan chiqariladi.
Qayd etilishicha, xolesterin konsentratsiyasining pasayishi ateroskleroz himoyasi bilan bogʻliq. Ateroskleroz qon tomirlarining devorlariga taʼsir qiladi, ularning elastikligini pasaytiradi va qon oqimiga toʻsqinlik qiladi. Natijada ichki organlarning qon taʼminoti buziladi va gipertoniya rivojlanadi. Bu qon tomirlarining yorilishi, miokard infarkti xavf solishiga sabab boʻlishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring